Farah K-Beauty · CRM

Sotuvchi qoʻllanmasi

Hamma narsa bir varaqda: kirishdan tortib, kundalik ishgacha. Savol tugʻilsa — pastdagi «Koʻp beriladigan savollar» boʻlimiga qarang.


1 · Kirish

Manzil va parol

farah-crm.pages.dev

Telefoningiz ekraniga saqlab qoʻying. Pochta va parolni rahbaringiz beradi.

Birinchi kirganingizdan keyin yuqoridagi «Parol» tugmasini bosib, oʻzingizga yangi parol qoʻying. Berilgan parol vaqtinchalik.

15 daqiqa tegilmasa yoki brauzer yopilsa — parol qayta soʻraladi. Bu mijozlar maʼlumoti himoyalanishi uchun.


2 · Ekran

Ikki boʻlim

Ish — kundalik ish shu yerda: mijozlar, reja, qoʻngʻiroqlar.

Muddat — yaroqlilik muddati tugayotgan tovarlar. Qaysi mahsulotni birinchi boʻlib taklif qilish kerakligini shu yerdan koʻrasiz.

Rahbarda uchinchi boʻlim — «Boshqaruv» — ham bor. Unda kunlik rejalar va umumiy hisobot turadi.


3 · Bugungi reja

Kuniga qaysi segmentdan nechta

Ekranning tepasida bugungi reja turadi. Har qatorda segment nomi va bajarilgan / kerak raqami koʻrinadi.

SegmentKim bu
Tugʻilgan kunBugun tugʻilgan kuni boʻlganlar. Hammaga koʻrinadi — kim ishda boʻlsa, oʻsha tabriklaydi
Yangi mijozlarBirinchi marta xarid qilgan, hali gaplashilmagan
Uxlab qolganlar90 kundan beri kelmagan
Sekinlashganlar31–90 kun kelmagan
Faol mijozlarOxirgi 30 kunda kelgan
Xarid qilmaganlarBazada bor, lekin hali hech narsa olmagan

Qatorni bossangiz — oʻsha segmentdan bugun hali gaplashilmagan mijozlar roʻyxati ochiladi. Qidirib oʻtirish shart emas.

Raqamlarni rahbaringiz belgilaydi. Sizda qaysi segment boʻlsa, oʻshaning raqami turadi.


4 · Tugmalar

Roʻyxatni filtrlash

Reja ostidagi tugmalar roʻyxatni tezda ajratadi. Har biri nimani bildiradi:

TugmaMaʼnosi
Bugun qoʻngʻiroqSiz shu kunga aloqa belgilagansiz — bugun bogʻlanish kerak
Mahsuloti tugaganOldingi xaridlariga qarab hisoblangan: kremi tugagan boʻlishi kerak
Sana qoʻyilmaganGaplashilgan, lekin keyingi aloqa sanasi yoʻq — unutilib qolganlar
Gaplashgandan keyin olganSiz gaplashgandan keyin kelib xarid qilgan — ishingizning natijasi
Yangi mijozlarBirinchi xaridi yaqinda
VIP10 mln soʻmdan koʻp xarid qilgan
Bugun tugʻilgan kunBugun tavallud topgan mijozlar

Bular segment emas — belgi. Bitta mijozda bir nechtasi boʻlishi mumkin. Masalan VIP mijoz ham uxlab qolgan boʻlishi mumkin.


5 · Roʻyxat

Eng uzoq kelmagan mijoz tepada

Roʻyxat oʻzi shunday tartiblanadi. Tepadan boshlang — pastdagilar yaqinda kelib ketgan.

Nodira
+998 90 123 45 67 · oxirgi xarid 12-avgust (64 kun) · 3 ta aloqa
✓ gaplashgandan keyin xarid qildi · 5-oktabr

Har qatorda telefon raqami koʻrinadi — bir xil ismli mijozlarni shundan ajrating.


6 · Asosiy ish

Aloqa qoʻshish — qadamba-qadam

  1. Mijozni bosing — kartochkasi ochiladi. Xarid tarixi, aloqalar tarixi, manzili shu yerda.
  2. Kanalni tanlang: Qoʻngʻiroq, SMS, Telegram yoki Doʻkonda.
  3. Natijani tanlang — pastdagi jadvaldan qarang.
  4. Izoh yozing: nima gaplashildi, nimaga qiziqdi, nima vaʼda qilindi. Bu keyingi safar sizga ham, sherigingizga ham kerak boʻladi.
  5. Keyingi sanani qoʻying — tezkor tugmalardan (1 hafta, 2 hafta, 1 oy) yoki taqvimdan.
  6. Saqlashni bosing. «Saqlandi ✓» yozuvi chiqishi kerak.

«Saqlandi ✓» koʻrinmasa — yozuv saqlanmagan. Qayta bosing.


7 · Natijalar

Qaysi natijani qachon tanlash

NatijaQachon
Javob bermadiTelefonni koʻtarmadi
Telefon ishlamaydiRaqam oʻchirilgan yoki notoʻgʻri
Kelaman dediGaplashdingiz, kelishga vaʼda berdi
Keyinroq deb aytdiHozir vaqti yoʻq, keyin bogʻlanish kerak
Kremlari hali tugamadiMahsuloti bor, hali kerak emas
QiziqmadiTaklifga qiziqmadi
Xabar yuborildiTelegram yoki SMS yozdingiz
Keldi / xarid qildiDoʻkonga kelib oldi — pastdagi boʻlimga qarang
Birinchi xariddan keyin soʻradimYangi mijozdan taassurot soʻradingiz
Tugʻilgan kun bilan tabrikladimTabrik yubordingiz

«Javob bermadi» va «Telefon ishlamaydi» — bu suhbat emas, urinish. Mijoz keyin oʻzi kelib olsa, bu sizning natijangiz deb hisoblanmaydi. Gaplashganingizdan keyin kelsa — hisoblanadi.


8 · Eng muhimi

Keyingi sanani qoʻying

Sana qoʻyilmasa, mijoz qoʻngʻiroq roʻyxatiga chiqmaydi va unutiladi. «Sana qoʻyilmagan» tugmasi shundaylarni koʻrsatadi.

Natija «Kelaman dedi», «Keyinroq deb aytdi» yoki «Kremlari hali tugamadi» boʻlsa-yu, sana qoʻymasangiz — ekranda savol oynasi chiqadi:

Keyingi aloqa sanasi qoʻyilmadi
Sana qoʻymasangiz bu mijoz qoʻngʻiroq roʻyxatiga chiqmaydi va unutiladi.
OK — shundayligicha saqlash  ·  Bekor — sana qoʻyaman

OK bossangiz yozuv saqlanadi. Bekor bossangiz — sana qoʻyib, keyin Saqlashni bosasiz.

Tanlagan kuningiz toʻlib ketgan boʻlsa, tizim ham shunday soʻraydi va eng yaqin boʻsh kunni taklif qiladi.


9 · Himoya

Yozganingiz yoʻqolmaydi

Izoh maydoniga yozgan matningiz brauzerda saqlanib turadi. Sahifa yopilsa, internet uzilsa yoki tizimdan chiqib ketsangiz ham — mijozni qayta ochganingizda matn oʻsha joyida turadi.

Saqlashda xato chiqsa, qizil xabar va oyna koʻrinadi, matn oʻchmaydi. Internetni tekshirib, «Saqlash» ni qayta bosing.

CRM har 5 daqiqada oʻzi yangilanadi. Sherigingiz boshqa kompyuterda yozgan aloqa shu tariqa sizda ham koʻrinadi. Kartochka ochiq boʻlsa tegilmaydi — yozayotgan matningiz buzilmasin.


10 · Natija

Kim kelib olganini tizim oʻzi yozadi

Siz gaplashganingizdan keyin mijoz kelib xarid qilsa, tizim buni Billz chekidan koʻrib, oʻzi belgilaydi. Kartochkada yashil yozuv chiqadi:

Nodira
✓ gaplashgandan keyin xarid qildi · 5-oktabr · gaplashgan: siz

Smena almashsa ham yoʻqolmaydi: siz qoʻngʻiroq qilgan, mijoz sherigingizning kunida kelgan boʻlsa ham — natija sizga yoziladi.

«Keldi / xarid qildi» qachon kerak

Faqat chek boshqa odam nomiga urilgan boʻlsa. Masalan mijoz singlisining nomidan olgan boʻlsa, tizim uni koʻra olmaydi — shunda siz qoʻlda belgilaysiz.

Oddiy holatda bu tugma kerak emas — tizim oʻzi topadi.


11 · Tugʻilgan kun

Bugun kimniki boʻlsa, hammaga koʻrinadi

Tugʻilgan kun faqat oʻsha kuni chiqadi va ikkala sotuvchida ham koʻrinadi. Sababi oddiy: kim ishda boʻlsa, oʻsha tabriklaydi. Ertaga kech boʻladi.

Tabriklaganingizdan keyin «Tabrikladim» tugmasini bosib, nima taklif qilganingizni yozing.


12 · Muddat

Qaysi tovarni birinchi taklif qilish

«Muddat» boʻlimida tovarlar yaroqlilik muddatiga qarab ajratilgan: muddati oʻtgan, 3 oydan kam qolgan, 3–6 oy, muddat yozilmagan.

Mijozga mahsulot tanlayotganda shu roʻyxatga qarang — muddati yaqinlari birinchi sotilishi kerak.


13 · Savollar

Koʻp beriladigan savollar

Yozuvim yoʻqolib qolibdi?

Yozuvlar oʻchmaydi. Koʻpincha ikki sabab boʻladi: birinchisi — mijoz boshqa sotuvchining roʻyxatiga oʻtgan, shuning uchun sizning roʻyxatingizda koʻrinmayapti. Yuqoridagi qidiruvdan ismi yoki telefoni bilan topsangiz, hamma yozuvingiz oʻsha joyida turibdi. Ikkinchisi — yozuv saqlanmagan: «Saqlandi ✓» chiqqaniga ishonch hosil qiling.

Bir xil ismli mijozlar koʻp, qaysi biri?

Bazada 19 ta «Yulduz» bor. Ism bilan qidirsangiz adashish oson — telefon raqami bilan qidiring. Qatorda ham raqam koʻrinadi.

Mijoz roʻyxatimda yoʻq, lekin men u bilan ishlaganman?

Mijozlar segmentiga qarab taqsimlanadi va segment oʻzgarsa — mijoz boshqa sotuvchiga oʻtadi. Masalan uxlab qolgan mijoz kelib xarid qilsa, u «faol» boʻlib boshqa roʻyxatga tushadi. Yozuvlaringiz oʻsha mijozda qoladi, natija ham sizga yozilgan boʻlib qolaveradi.

Sherigimning mijozi mening roʻyxatimda chiqdi?

Faqat tugʻilgan kun kuni shunday boʻladi — ataylab. Qolgan vaqtda kartochkada «egasi: …» deb yozilib turadi.

Bir mijozga kuniga ikki marta yozsam boʻladimi?

Boʻladi. Lekin aynan bir xil natija ikkinchi marta yozilsa, tizim «rostdanmi?» deb soʻraydi — adashib ikki marta bosilmasin uchun.

Xato yozuvni oʻchirsam boʻladimi?

Boʻladi — aloqalar tarixidagi × belgisini bosing. Tizim tasdiq soʻraydi. Oʻchirilgan yozuv qaytmaydi, shuning uchun ehtiyot boʻling.


Har kuni

Uchta oddiy qoida

Reja
tepadagi qatorlarni bosib ishlang
Sana
har suhbatdan keyin qoʻying
Izoh
nima gaplashildi — yozib qoʻying

Bir narsa notoʻgʻri koʻringan boʻlsa — darrov ayting. Oxirgi ikkita xatoni aynan sotuvchilar topdi.